Disasiga APL klublari da'vogar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90
Aksel Disasi «Monako»dan «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.
Foot Mercato xabariga ko'ra, ingliz klubi 25 yoshli himoyachini sotib olishga juda qiziqmoqda. Ikki hafta oldin «Yunayted» rahbarlari futbolchining vakillari bilan yig'ilish o'tkazishdi.
Qayd etilishicha, Akselning xizmatlariga Premer-liganing boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Frantsuzlar Disasining transfer narxini 50 million evroga baholamoqda.
Himoyachi joriy mavsum Liga 1da 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!