Dzyudo. O'zbekiston kubogida dastlabki sovrindorlar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28829
Xabar berib o'tganimizdek, 23-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazilmoqda. «O'zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qilayotgan bahslarda yurtimizning turli hududlaridan 470 nafarga yaqin polvonlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqdalar.
Kecha musobaqaning dastlabki kuni o'tkazildi. Unda qayd etilgan natijalarni e'tiboringizga havola qilamiz:
Erkaklar:
-60 kg:
1-o'rin: Kemran Nurillaev
2-o'rin: Doston Ro'ziboev
3-o'rinlar: Timur Abishev, Rahmon Jumaev.
-66 kg:
1-o'rin: Sardor Nurillaev
2-o'rin: Artyom Shturbabin
3-o'rinlar: Muhriddin Tilovov, Sindor Nurilloev.
Ayollar:
-48 kg:
1-o'rin: Gulnur Muratbaeva
2-o'rin: Nodira Gulova
3-o'rinlar: Kumush Kuryazova, Sita Qadamboeva.
-52 kg:
1-o'rin: Shukurjon Aminova
2-o'rin: Gulnoza Ziyaeva
3-o'rinlar: Zuhraxon Mamurjonova, Diyora Keldiyorova.
-57 kg:
1-o'rin: Ibodatxon Agajonova
2-o'rin: Zarnigor O'rmonova
3-o'rinlar: Farangiz Xodjieva, Amina Mamedova.
Bugun erkaklar o'rtasida -73, -81, -90 kg, ayollar o'rtasida esa -63, -70 kg vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazilmoqda. Ertaga og'ir vaznli polvonlar o'rtasida bahslar tashkil qilinadi.