Pedri «el-klasiko»dan tashqari boshqa turnirni ham o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri yakshanba kuni bo'lib o'tadigan «Real»ga qarshi Ispaniya chempionatining muhim o'yinida tiklanishga ulgurmadi.
20 yoshli futbolchi nafaqat bo'lajak «el-klasiko»ni, balki Ispaniya terma jamoasining mart oyidagi yig'inini ham o'tkazib yuboradi. AS xabariga ko'ra, Pedri «qizil furiya» lageriga bormaydi.
20 yoshida Pedri Ispaniya terma jamoasi safida allaqachon 18 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. Ularda yarim himoyachi sherigiga bitta samarali uzatma berdi.
Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 saralashida Norvegiya (25 mart) va Shotlandiya (28 mart) terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!