"Napoli" 34 yilda ilk bor evrokuboklarda italyan klubiga qarshi o'yin o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
"Napoli" 2022/23 yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalida "Milan" bilan o'ynaydi. Shu tariqa, Neapol klubi 1988/89 yilgi mavsumdan buyon ilk bor evrokuboklarda italyan jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O'shanda UEFA kubogida neapolliklar chorak finalda "Yuventus"ga qarshi o'ynadi va umumiy 3:2 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. “Napoli”ning sobiq hujumchisi Diego Maradona ikki uchrashuvda bitta gol urgandi. E'tiborlisi, “Napoli” o'sha 1988/89 yilgi UEFA kubogini qo'lga kiritib, yarim finalda “Bavariya”, finalda “Shtutgart”ni mag'lub etgandi.
Chempionlar ligasi 1/4 finalining ilk o'yini “Napoli” va “Milan” 11 yoki 12 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Javob bahsi 18 yoki 19 aprelga belgilanadi.