Ispaniya terma jamoasi FIFA kunlari uchun qaydnomasini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115
Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 saralash bosqichidan o'rin olgan Norvegiya (25 mart) va Shotlandiyaga (28 mart) qarshi bahs uchun qaydnomasini e'lon qildi.
Darvozabonlar: Kepa Arrisabalaga («Chelsi»), Robert Sanches («Brayton») va David Rayya («Brentford»);
Himoyachilar: Xose Gayya («Valensiya»), Nacho Fernandes, Dani Karvaxal (ikkalasi – «Real»), Aleks Balde («Barselona»), Inigo Martines («Atletik»), David Garsiya («Osasuna»), Pedro Porro («Tottenxem»), Emerik Laport («Manchester Siti»).
Yarim himoyachilar: Rodri («Manchester Siti»), Fabian Ruis («PSJ»), Martin Subimendi, Mikel Merino (ikkalasi – «Real Sosedad»), Pedri, Gavi (ikkalasi – «Barselona»), Dani Sebalos («Real»).
Hujumchilar: Alvaro Morata («Atletiko»), Dani Olmo («RB Leyptsig»), Niko Uilyams («Atletik»), Brayan Xil («Sevilya»), Yago Aspas («Selta»), Xoselu («Espanol») va Jerar Moreno («Vilyarreal»).