Simeone kelajagi haqida xabar berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening kelajagi borasida bir qarorga keldi. El Chiringuito de Jugones ko'rsatuvida "matraschilar" joriy mavsum yakunida 52 yoshli argentinalik bilan xayrlashmasligi haqida xabar berdi. Klub Simeone bilan 2024 yilning o'rtalarigacha hisoblangan shartnomani bajarmoqchi va bu istak ikkala tomondan ham ma'qullangan.
Diego Simeone 2011 yil oxirida "Atletiko" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. O'shandan beri jamoa barcha musobaqalarda 615 ta o'yin o'tkazdi. Ularda “matraschilar” 143 durang va 113 mag'lubiyat bilan 361 g'alabani nishonlagan.
Ayni damda “Atletiko Madrid” Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!