«Nasaf» yangi mavsum tayyorgarligini yanvardan boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12146
Qarshining “Nasaf” klubi aslida 20 dekabrdan o'z qarorgohida yig'in boshlashni rejalashtirgan edi.
Lekin ayni paytda jamoa qarorgohida ta'mirlash ishlari ketayotgani, futbolchilarning ko'pchiligi terma jamoalarga jalb etilgani sababli yangi mavsum tayyorgarligi rejasiga o'zgartirish kiritildi.
Tayyorgarlik mashg'ulotlari 3 yanvardan boshlanadi. Shu kuni “ajdarlar” Qarshi shahridagi o'z qarorgohida yig'ilishadi.
Fevral oyining dastlabki 2 haftasida jamoa Turkiyada xorij yig'ini ham tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!