Rasman! Totti ketdi: "Roma"da qolgandan ko'ra o'lganim ma'qul"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 960
Franchesko Totti "Roma" texnik direktori lavozimidan ketdi.
"Men "Roma"ga qachonki rahbariyat o'zgarganida qaytaman. Hozirgi ketishim futbolchi sifatida jamoani tark etishdan ko'ra og'irroq. "Roma"da qolish — men uchun o'lim bilan barobar. Undan ko'ra o'lganim ma'qul.
Men hech qachon loyihalarda to'liq qatnashmadim. Ular "Roma" uchun ko'p narsa qilishimni istashimni bilishardi, ammo ustimdan kulishdi. Rahbariyat barcha qarorlarni mening ishtirokimsiz chiqardi", — dedi Totti.
Eslatib o'tamiz, Totti "Roma"da 1992-2017 yillarda futbolchi sifatida o'ynagan. Keyin esa klub texnik direktori lavozimini egallagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!