Kurashchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashish uchun Tailandga jo'nab ketishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1774
19-20 iyun kunlari Tailandning Pattayya shahrida o'zbek kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Osiyo–Okeaniya kurash Konfederatsiyasi taqvim rejasidan o'rin olgan mazkur musobaqada 20 mamlakatdan 200 nafardan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi katta delegatsiya bo'lib qatnashadi. Unda 30 nafar yosh kurashchimiz qit'a chempionligi uchun bahs olib borishi belgilab qo'yilgan. Hamyurtlarimiz bugun tunda Tailand safariga jo'nab ketishadi.
Shuningdek, qit'a birinchiligi doirasida 18 iyun kuni Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining navbatdagi Kongress yig'ilishi ham bo'lib o'tadi. Unda konfederatsiyaga Laos, Bangladesh, Qirg'iziston kabi yangi federatsiyalar a'zolikka qabul qilinishi kutilmoqda.