«PSJ» Galtega chiqish eshiklarini ko'rsatadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118
«PSJ» bosh murabbiyi Kristof Galte mavsum oxirida iste'foga chiqarilishi mumkin.
O'tgan yozda tayinlangan frantsiyalik mutaxassis asosiy vazifani bajara olmadi - u jamoa bilan Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozona olmadi.
Eslatamiz, parijliklar «Bavariya»ga 1/8 final bosqichida (umumiy 0:3) mag'lub bo'lgandi. El Nacional xabariga ko'ra, «PSJ» mavsum oxirida Galte bilan xayrlashishga qaror qilgan. Uning o'rnini Zinedin Zidan egallashi mumkin.
Kristof Galtening parijliklar bilan tuzilgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!