Ochoa: «Oltita jahon chempionatida o'ynab, tarixga kirishni xohlayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
«Salernitana» darvozaboni Gilermo Ochoa «Milan»ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
37 yoshli meksikalik Italiyaning amaldagi chempioniga qarshi bahsda jamoasiga durang o'ynashga yordam berdi.
«Milan» bilan o'ynaganingizda, ko'p azob chekishga to'g'ri keladi va bugun biz munosib natijaga erisha oldik. «San-Siro»da durang natija yaxshi.
Menga Italiya yoqadi, bu erda qolishni istardim. Endi men «Salernitana»ga A Seriyadagi o'rnini saqlab qolish uchun hamma narsani qilishga harakat qilaman.
Keyingi jahon chempionatiga borishni istayman. Men oltita jahon chempionatida o'ynab, tarixga kirishni xohlayman», dedi Ochoa.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!