La liga prezidenti «Barselona» bilan bog'liq vaziyat haqida: «Bu Ispaniya futbolidagi eng yomon holat»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69
La liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» klubining hakamlar bilan bog'liq muammoni Ispaniya futbolidagi eng yomon holat deb atadi.
«Ushbu vaziyat Ispaniya futbolidagi eng yomon holatmi? Agar hech narsani unutmagan bo'lsam, ha, shunday. Mening xotiramdagi eng jiddiy muammo.
Bu normal holat emas. Vaziyat keskinlashmoqda. Chunki o'rtaga futbolimiz obro'si qo'yilgan.
Uyatdaman. «Barsa» esa hech qanday tushuntirish berayotgani yo'q. Direktorlar kengashi aytgan gaplar esa aslida unday emas», – dedi Tebas.
Xabiringiz bor, «Barsa» Ispaniya hakamlar qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga 7,7 million evro miqdorida pul to'lab, korruptsiyaga yo'l qo'yganlikda ayblanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!