«PSJ»ning asosiy tarkib futbolchisi «Bavariya»ga qarshi o'yindan oldin intizomga amal qilmagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
«PSJ» klubining ba'zi futbolchilari «Bavariya»ga qarshi bo'lib o'tgan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi javob o'yini oldidan intizomga amal qilmagani ma'lum bo'ldi.
Nomi oshkor qilinmagan futbolchilar biri Myunxendagi o'yindan 2 kun avval tungi klubda dam olgan. U tungi klubni tonggi soat 6 da tark etgan va ko'p ehtimol bilan spirtli ichimlik iste'mol qilgan.
Futbolchi esa «Bavariya»ga qarshi o'yinda «PSJ» safida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Parijliklar bu bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi va musobaqani tark etishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!