"PSJ" va APLning 3 klubi Osimxen uchun kurashda ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen yozgi transfer oynasida sotib yuborilishi mumkin.
Nigeriyalik futbolchi A seriyada to'purarlar ro'yxatida birinchi o'rinni egallab turibdi, uning jamoasi esa barqarorlik bilan chempionlik sari intilmoqda. Insayder Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchiga Evropa futbolidagi deyarli barcha gigantlar qiziqish bildirmoqda, ammo unga asosiy da'vogarlar "Pari Sen-Jermen", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Manchester Siti"dir. Transfer narxi kamida 100 million evroni tashkil qiladi.
Viktor Osimxen “Napoli” safida joriy mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!