Superliga 12-turi doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” aktsiyasi o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 611
21-22-23 iyun kunlari CocaColaSuperligada 12-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Mazkur tur doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” aktsiyasi tashkil etiladi. Qayd etish joiz, 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni sanaladi. Yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash, barchani ogohlikka chorlash hamda sport bilan oshno tutinishini targ'ib etish maqsadida CocaColaSuperliga 12-tur uchrashuvlarida giyohvandlikka qarshi kurashni targ'ib etish bo'yicha aktsiya tashkil etiladi.
Uchrashuvlar payti stadion tablolarida maxsus videoroliklar namoyish etilib, futbolchilar sog'lom turmush tarziga chorlovchi maxsus bannerlar oldida suratga tushishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!