So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. So'nggi tur natijalaridan keyin chempionlik poygasi va turnir jadvalining so'nggi ko'rinishi qanday bo'ladi? Superkompyuter buni taxmin qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
So'nggi tur natijalari shuni ko'rsatdiki, APLda EChL yo'llanmasi uchun kurash hali uzoq davom etadi. Ammo tumanli Albiondagi janglar faqatgina bu bilan cheklanib qolmaydi. Buni juda ham yaxshi bilasiz. chempionlik uchun, qolaversa, turnirda jon saqlab qolish maqsadidagi kurashlar ham so'nggi turgacha o'z aktualligini yo'qotmasligi aniq.
"Manchester Yunayted"ning o'z maydonida "Sautgempton" bilan durang o'ynashi, hali bu jamoaning ruhiyati "Liverpul"ga qarshi qaqshatqich mag'lubiyatni hazm qila olmaganini ko'rsatdi. Erik ten Xag jamoasi bu ketishda, o'z 3 o'rinni ham boy berib qo'yishi hech gap emas. Negaki, keyingi pog'onadagi "Tottenxem" joriy turda "Nottingem"ni mag'lub qilib, "qizil iblislar"ga ikki ochkolik masofada yaqinlashib oldi. Shuningdek, kuchli to'rtlikka da'vogar sanalgan "Nyukasl" ham "Vulvz"ni taslim etib, oltinchi o'rindan beshinchiga ko'tarilib oldi. Keyingi pog'onalarda ketayotgan "Brayton", "Brentford" hamda "Fulxem"lar ochko yo'qotdi. Xo'sh, mana shunday natijalardan keyin, jamoalarning taqdiri ne kechadi. Superkompyuter eng so'nggi natijalarga qarab mavsumning yakuniy turnir jadvalini taxmin qildi.
Demak, "Tottenxem" hafta oxiridagi g'alabasiga qaramay, kuchli to'rtlikni zabt eta olmaydi. "MYu"ning joriy pozitsiyasi o'zgarmaydi va mavsum oxirida ham o'z joyida qoladi. EChL uchun oxirgi yo'llanmani "Nyukasl" qo'lga kiritishi aytilgan. Ayni damda "qarg'alar"ga kuchli to'rttalikka qaytish uchun 4 ochko zarur. Ammo ular "Tottenxem"dan ikkita kam o'yin o'tkazgan.
38 turdan keyin "Arsenal" "Manchester Siti"dan oldinda qolaveradi va chempionlikni uzil-kesil hal qiladi. Londonliklar 27 turdan keyin besh ochkolik farq bilan etakchilik qilmoqda. Ha, yana 10 turdan keyin Pep Gvardiola "Arsenal"ga ancha yaqin keladi. Ammo bu chempionlikka etarli bo'lmaydi.
Turnir jadvalining pastki yakunida ham kurash kechadi. Superkompyuterga ko'ra, "Bornmut", "Everton" va "Sautgempton"lar Chempionshipga yo'l oladi. Qizig'i shundaki, taxminda ushbu jamoalar o'zining so'nggi, 38 tur o'yinida "Liverpul", "Everton" va "MYu"ni mag'lub etadi. Ammo bu etarli bo'lmaydi.
ISMATOV J.
Manba: thesun.co.uk