Tripper: "Isak aql bovar qilmaydigan darajada harakat qildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
Angliya Premer-ligasi yigirma ettinchi turidan o'rin olgan o'yinda "Nyukasl" "Vulverxempton" ustidan kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. "Hakkalar" sardori Kiran Tripper o'yin natijasidan juda mamnun, unga ayniqsa birinchi gol muallifi - Aleksandr Isakning harakatlari yoqdi.
"Bunday g'alabani qo'lga kiritish juda yoqimli. So'nggi bir necha hafta oson bo'lmadi. Va biz g'alaba qozonish kerakligini tushundik. Yaxshiyamki, bizda Isak bor, u bu safar aql bovar qilmaydigan darajada harakat qildi", - deya Tripperning so'zlaridan iqtibos keltirgan Sky Sports.
APLning navbatdagi turida “Nyukasl” 17 mart kuni mehmonda “Nottingem Forest” bilan bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!