"Napoli" Osimxenga A Seriyaning boshqa klubidan o'rinbosar topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman "Napoli"ga o'tishi mumkin.
Ayni damda “Napoli”ning hujumdagi etakchisi Viktor Osimxen 19 ta gol bilan Italiya chempionati to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda, uchinchi o'rinda borayotgan Lukmanda esa 12 ta gol bor. Goal xabariga ko'ra, "Napoli" bir nigeriyalikni boshqasiga almashtirishi mumkin: Angliya Premer-ligasi grandlari Osimxenni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor, klub bu yozda hujumchini o'z safida olib qolishi qiyin bo'lishi kutilmoqda. Aynan Lukman Neapoldagi vatandoshining o'rinibosari bo'lishga nomzodlardan biri sanaladi.
"Atalanta"ning 25 yoshli futbolchisining transfer narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 20 million evroga baholanmoqda.