Sanshesh yozda "PSJ"dan ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84
"PSJ" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin.
Portugaliyalik xavbek Parijda hali umidlarni oqlagani yo'q - u ko'p hollarda jarohat oladi va kamdan-kam hollarda asosiy tarkibga tushadi. Oldinroq klub yozda Karlos Soler, Xuan Bernat va Ugo Ekvitike bilan xayrlashishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi, biroq L'Equipe nashri xabariga ko'ra, Sansheshning pozitsiyasi ham so'roq ostida. Kelgusi haftalarda klub 25 yoshli yarim himoyachining jamoada qolishi yoki qolmasligini diqqat bilan o'rganib chiqadi. Xuddi Sanshesh kabi o'tgan yozda jamoaga kelib qo'shilgan Fabian Ruis bilan ham xuddi shunday holat.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!