"Atletiko" qanot himoyachisi izlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Madridning "Atletiko" klubi yaqinlashib kelayotgan mavsum oralig'ida qanot himoyasini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Marca jurnalisti Devid Medina xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" arzon narxda yoki hatto erkin agent sifatida sotiladigan himoyachilarni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Jamoa yozgi transfer oynasi uchun juda cheklangan byudjetga ega.
Shu bilan birga, keyingi mavsumda ham Reynildu Mandava va Nauel Molina asosiy himoyachilar bo'lib qolishi kerakligi ham xabar qilingan. Rahbariyat ro'yxatdagi ikki futbolchiga raqobatchi topmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!