Vitsel "Atletiko" safida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel “matraschilar” safidagi o'yinidan norozi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabritsio Romano Vitselning otasi Terriga tayanib xabar berdi.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, futbolchi bu holatdan juda norozi bo'lgani uchun klubdan bosh murabbiy Diego Simeone bilan shaxsiy uchrashuv o'tkazishni so'ragan.
"Agar Vitsel o'ynamasa, yangi variantlarini ko'rib chiqamiz", - deya qo'shimcha qildi uning otasi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Vitsel Madrid klubi bilan yangi shartnoma imzolagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!