APL klubi so'nggi uchta o'yindan beri raqiblar darvozasiga bitta ham aniq zarba yo'llay olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
"Kristal Pelas" futbolchilari Premer-ligadagi so'nggi uchta o'yinda raqiblar darvozasiga biror marta ham aniq zarba yo'llay olmadi.
Opta statistik portali ma'lumotlariga ko'ra, bu 2003/04 yilgi mavsumdan beri birinchi holat.
Eslatib o'tamiz, 11 mart oqshomida "burgutlar" Premer-liganing eng kuchli klublaridan biri - "Manchester Siti" bilan uchrashib, "shaharliklar"ga minimal hisobda imkoniyatni boy bergandi.
"Kristal Pelas" 26 tur davomida 28 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda.
Avvalroq Patrik Vieyra shogirdlari ketma-ket 10 uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!