U20 jahon kubogiga qachon qur'a tashlanadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kecha yurtimizda o'tayotgan 20 yoshli futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Avstraliyani mug'lub etib (penaltilar seriyasida), jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Xabaringiz bor, ushbu yoshdagi jahon kubogi Indoneziyada bo'lib o'tadi. Turnirga qur'a tashlash marosimi esa 31 mart kuni ushbu mamlakatning Bali orolida o'tkaziladi.
FIFA qur'adan oldin jamoalarni savatchalarga ajratishda o'zgacha yo'l tutishga qaror qildi: ishtirokchi mamlakatlarning ushbu yoshdagi terma jamoasining so'nggi 5ta musobaqadagi natijalarini ball ko'rinishida hisoblashga qaror qildi. Bunda o'z qit'asida chempionlikni qo'lga kiritgan jamoalar (AQSh, Senegal, Angliya, Yangi Zelandiya, Braziliya va Osiyo chempioni) qo'shimcha ballga ega bo'ladi.
Ayni paytda ishtirokchi jamoalar to'plagan ochkolar va savatchalar quyidagicha:
1-savatcha
Indoneziya — 0 (mezbon)
Urugvay — 28.4
AQSh — 26.8
Frantsiya — 24.2
Senegal — 24.0
Italiya — 21.8
2-savatcha
Manba: Futbolium