Lyuka Ernandes: "Chempionlar ligasi finaliga tayyor bo'laman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes qachon maydonga qaytishini aytdi. Eslatib o'tamiz, ayni damda frantsiyalik futbolchi Avstraliya termasiga qarshi jahon chempionati guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
“Hammasi joyida, kundan-kunga oson va osonlashmoqda. Men Chempionlar ligasi finaliga tayyor bo'laman", - deya Ernandesning so'zlarini keltirmoqda Germaniyaning Bild nashri.
Eslatib o'tamiz, dastlabki prognozlarga ko'ra, Lyuka yana ikki oyni o'tkazib yuborgan. “Bavariya” yaqinda Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi. Turnirning hal qiluvchi o'yini 10 iyun kuni Istanbulda bo'lib o'tishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!