"Chelsi" Mauntga ultimatum qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachi Meyson Maunt bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha muzokaralarni kechiktirmoqchi emas. The Guardian jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, rahbariyat futbolchiga ultimatum qo'ygan - u kelajagi haqida mavsum yakuniga qadar qaror qilishi kerak.
Klub, shuningdek, agar yarim himoyachi moliyaviy talablarini kamaytirmasa, u holda boshqa muzokaralar bo'lmasligini ta'kidladi. "Aristokratlar" Meysonni 50 million evroga sotishga tayyor. Maunt va "Chelsi" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Yarim himoyachi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!