Lyakazett "Lion" rekordchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81
“Lion” hujumchisi Aleksandr Lyakazett Frantsiya chempionatining 27-turidan o'rin olgan “Lill”ga qarshi o'yinda (3:3) dubl qayd etdi va o'z klubining rekordchisiga aylandi.
31 yoshli frantsiyalik futbolchi 72-daqiqada Rayan Sherki o'rniga zaxiradan maydonga tushdi. U 83 va 89-daqiqalarda raqib darvozasiga to'p kiritdi.
Lyakazettning joriy mavsumdagi barcha musobaqalarda 20 ta gol urgan. U "Lion" tarixidagi besh xil mavsumda kamida 20 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan birinchi futbolchi bo'ldi.
2013/14 yilgi mavsumda Lyakazett 22, 2014/15 yilda - 31, 2015/16 yilda - 23, 2016/17 yilda - 37 gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!