Zinchenko "Arsenal" muxlislariga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko fevral oyida "Arsenal"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchi ushbu nominatsiyalar bo'yicha ketma-ket ikkinchi g'alaba haqida o'z fikrlarini bildirib, muxlislarga murojaat qildi.
"Salom, yigitlar. Umid qilamanki, biz ajoyib ish qilyapmiz. Menga ovoz berganingiz uchun katta rahmat. Jamoadoshlarim futbolni tushunmaydigan odamlar menga ovoz beryapti, deb o'ylaganlari uchun meni o'ldirishsa kerak. Ammo ular haqida unutaylik. Biz oxirigacha ishlaymiz. Olg'a, "Arsenal", - dedi Zinchenko klub matbuot xizmatiga.
Aleksandr joriy mavsumda Premer-ligada 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!