Anri: "PSJ" Mbappeni o'z safida saqlab qolishga harakat qilmasa kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Frantsiyaning o'tmishdagi sobiq futbolchisi Terri Anri Kilian Mbappening kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" Chempionlar ligasidan 1/8 final bosqichidayoq "Bavariya"ga yutqazib qo'ydi (umumiy hisob - 0:3).
"Menimcha, "PSJ"ga Kilian Mbappeni saqlab qolish qiyin bo'ladi. Ammo, ehtimol, ular uni saqlab qolmasligi kerak" - dedi Anri CBS Sports bilan suhbatda.
Anrining fikricha, "PSJ" transfer strategiyasini o'zgartirish haqida o'ylashi va yulduzlarga emas, balki o'zining yosh shogirdlariga qarashi kerak.
"PSJ" navbatdagi o'yinni 11 mart kuni – Frantsiya chempionati doirasida safarda "Brest" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!