Laporta Messining ketishi haqida: "Tanlov qilishim kerak edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "PSJ" hujumchisi Lionel Messining Kataloniya jamoasini tark etishi haqida gapirdi.
“Men bu qarorni qabul qilishim kerak edi. Klub - eng muhimi. Men xafa bo'ldim. Men tanlov qilishim kerak edi va men bu klubni tanladim", - deya Laporta so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Argentinalik futbolchi 2004 yildan 2021 yilgacha “Barselona” safida to'p surgan. Umuman olganda, u Ispaniya jamoasi tarkibida 778 ta o'yin o'tkazib, 672 ta gol urgan va 303 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!