"Manchester Siti" himoyachisi "Barselona"ga o'tmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112
"Manchester Siti" himoyachisi Eymerik Laport jamoani tark etmoqchi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi yozda jamoasini o'zgartirmoqchi. Himoyachi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni rejalashtirmoqda. Tomonlar uning ehtimoliy transferi haqida allaqachon gaplashib olishgan.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi ham Laportni "Barselona"da ko'rmoqchi.
28 yoshli himoyachi joriy mavsumda APLda bor yo'g'i 7 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!