Sovrin yutmasa, Anchelottiga chiqish eshiklari ko'rsatiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77
Madridning “Real” klubi rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelottining iste'fosi haqida o'ylamoqda, deb xabar beradi The Athletic.
63 yoshli italiyalik mutaxassis joriy mavsumda “qaymoqranglilar” birorta ham sovrin yutmasa, istefoga chiqariladi.
24-turdan keyin “Real” La Ligada peshqadam “Barselona”dan 9 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.
Avvalroq, madridliklar Ispaniya kubogi nimchorak finalining birinchi o'yinida kataloniyaliklarga mag'lub bo'lgandi (0:1). Javob o'yini 5 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!