APL tarixidagi ikkinchi eng tezkor gol "Arsenal" darvozasiga kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121
Angliya Premer-ligasining 26-turi doirasida "Arsenal" va "Bornmut" jamoalari o'zaro bahs olib borishmoqda.
Hisobni ochish uchun mehmonlar atigi 9 soniya va 11 millisekund vaqt sarflashdi va Filipp Billing gol urdi. Opta portali xabariga ko'ra, bu Premer-liga tarixidagi ikkinchi eng tezkor gol.
Premer-liga tarixidagi eng tezkor gol Sheyn Longning "Sautgempton" safida "Uotford"ga urgan goli hisoblanadi. O'yin 2018 yilning aprel oyida o'tkazilgan. O'shanda irlandiyalik futbolchining gol urishi uchun 7 soniya va 69 millisekund kifoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!