"Leyptsig" Nkunkuning jarohati borasida bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80
"Leyptsig" hujumchisi Kristofer Nkunku Bundesliga doirasida Dortmundning "Borussiya" jamoasi qarshi o'yinda jarohat oldi.
"Buqalar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining chap sonidagi mushak tolasida kichik yorilish borligi aniqlangan. Klub Nkunkuning tiklanish vaqti haqida ma'lumot bermadi.
Eslatib o'tamiz, "Leyptsig" safarda "Borussiya"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.
2022/2023-yilgi mavsumda Kristofer Nkunku “Leyptsig” safida 27 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jamoa ayni damda Germaniya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!