Mbappe bugun "PSJ" tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe bugun o'z jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanishi mumkin.
24 yoshli frantsiyalik futbolchi Frantsiya chempionatining so'nggi turida “Marsel” jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va shu tariqa “PSJ” tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Edinson Kavaniga etib oldi.
Agar Mbappe bugun “Nant” darvozasiga gol ursa, frantsiyalik futbolchi urugvaylik futbolchini ortda qoldirib, “PSJ” tarixidagi yagona to'purarga aylanadi.
Umuman olganda, Kilian hisobida Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 17 ta gol bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!