Foden "Manchester Siti" tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Fil Foden bugun "Nyukasl"ga qarshi bo'lib o'tayotgan o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qildi va "Manchester Siti" tarixidagi ligada 50 ta golda ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Shu tariqa, angliyalik yosh futbolchi Premer-ligada “shaharliklar” tarkibida 33 ta gol kiritdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U bu ko'rsatkichga 22 yoshu 280 kunligida erishdi, deya xabar bermoqda Opta statistik portali.
"Etihad" stadionida "Manchester Siti" va "Nyukasl" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv davom etmoqda, mezbonlar oldinda - 1:0.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!