Kaysedoning yangi shartnomasida tovon puli bo'lmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Brayton" o'zining yarim himoyachisi Moyses Kaysedoning yangi shartnomasiga tovon pulini kiritmagan.
Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar berdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq ekvadorlik futbolchi "Brayton" bilan shartnomani uzaytirishga yaqin ekani ma'lum bo'lgandi.
Qishki transfer oynasi oxirida Kaysedo “Brayton” rahbariyatidan o'zini boshqa jamoaga qo'yib yuborishlarini so'radi. Futbolchining xizmatlariga Londonning ikki klubi - "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirgandi, biroq "Brayton" mavsum o'rtalarida o'z etakchilaridan biri bilan xayrlashmadi.
Oldinroq "Brayton" 21 yoshli Kaysedo uchun taxminan 100 million evro so'ragani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!