U-20 Osiyo kubogi. Avstraliya 5 ta gol urilgan o'yinda Erondan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi 2-turida Avstarliya va Eron 4 mart, shanba kuni o'zaro bahs olib bordi.
"B" guruhidan o'rin olgan uchrashuv avstraliyaliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Avstraliya yoshlari safida Eydan Simmons bitta gol urgan bo'lsa, Adrian Segechich dublni rasmiylashtirdi. Eron safida esa Amirrizo Islomtalab va Alirizo Enayatzadeh o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Avstraliya 3 ochko jamg'arib, 3-o'rinni band etib turgan bo'lsa, Eron vakillari 3 ochko bilan 2-pog'onada bormoqda.
U-20 Osiyo kubogi, 2-tur bahsi
4 mart, shanba
Eron U-20 — Avstraliya U-20 2:3
Gollar: 0:1 — 8 Eydan Simmons, 0:2 — 19 Adrian Segechich, 1:2 — 25 Amirrizo Islomtalab, 1:3 — 46 Adrian Segechich, 2:3 — 80 Alirizo Enayatzoda.
Eron U-20: 12. Adib Zarei, 3. Mersad Seifi, 4. Muhammadrizo Torabi, 5. Amin Hazbavi, 6. Milod Kor, 8. Alirizo Enayatzadeh, 9. Said Saharxizan, 10. Farhod Zavoshi, 11. Amirrizo Islomtalab, 12. Adib Zarei, 14. Erfan G'orbani, 15. Amin Pilali.
Avstraliya U-20: 1. Jek Varshavski, 2. Joshua Roulins, 3. Nektarios Triantis, 4. Kris Donnell, 8. Alessandro Lopane, 9. Gabriel Popovich, 10. Adrian Segechich, 13. Panashe Madanya, 15. Jozef Ford, 17. Eydan Simmons, 21. Jed Dryu.