"Liverpul" uch nafar futbolchisini yozda tekinga qo'yib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
“Liverpul” kelasi yozda bir qancha futbolchilaridan qutulishni rejalashtirmoqda. Oldinroq hujumchi Roberto Firmino jamoani erkin agent sifatida tark etishi ma'lum bo'lgandi. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, rahbariyat yana ikki nafar futbolchini - yarim himoyachilar Aleks Oksleyd-Chemberlen va Nabi Keytani tekinga qo'yib yuborish niyatida.
Shuningdek, “Liverpul” ijaraga olingan yarim himoyachi Artur Meloni sotib olmasligi ma'lum bo'ldi. Braziliyalik futbolchining Turinning “Yuventus” klubiga qaytishi ehtimoli katta.
Eslatib o'tamiz, "qizillar" kelasi yozda o'z yarim himoyasini tubdan qayta qurishni rejalashtirmoqda. Klub Jud Bellingem va Mateus Nunesni sotib olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!