Simeone Regilondan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80
O'tgan yoz oxirida himoyachi Serxio Regilon «Tottenxem»ni «Atletiko»ga almashtirgandi - Madrid klubi 26 yoshli futbolchini ijaraga oldi.
Marca xabariga ko'ra, «matraschilar» bosh murabbiyi Diego Simeone Regilondan norozi. «Atletiko»da ispaniyalikning uzoq muddatli kelajagi ko'rinmayapti.
Serxio Regilon sog'ligi bilan bog'liq muammolar va yomon sport formasi tufayli joriy mavsumda «Atletiko» tarkibida atigi beshta o'yinda maydonga tushdi. Ularda himoyachi jami 98 daqiqani maydonda o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, nufuzli transfermarkt portali ekspertlari Serxio Regilonni 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!