"Barselona" Gyundoganga taklif qilayotgan shartnoma shartlari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Manchester Siti" yarim himoyachisi, sardori Ilkay Gyundogan yozda "Barselona"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 32 yoshli germaniyalik futbolchiga 2 yillik shartnoma va yiliga 5 million evro maosh to'lashga tayyor. Ilkay yozda tekinga jamoa safiga kelib qo'shilishi mumkin.
Gyundogan Transfermarkt portalida 25 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 34 ta o'yinda 3 ta gol urib, 4 ta golli uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!