Ten Xag de Yongni ko'ndirishga bel bog'lagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin, deya xabar berdi The Sun.
Ma'lumotlarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchini mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag shaxsan o'zi klubga o'tishga ko'ndirmoqchi. "Barselona" moliyaviy muammolar sabab Frenkini sotib yuborishi mumkin.
25 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum 30 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning transfer bahosi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!