Xavi: "APL ishlash? Hozir bu haqda o'ylamayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes hozirda Angliya Premer-ligasidagi jamoani boshqarish haqida o'ylamasligini tan oldi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik bir yildan ko'proq vaqt davomida "Barselona" klubida ishlab kelmoqda.
“Angliya Premer-ligasi klublariga murabbiylik qilishmi? Bu mening keyingi qadamim bo'ladimi? Hozir men bu haqda o'ylamayman. Men endigina “Barselona”da ish boshlaganman. Bu klubni boshqarish imkoniyati menga juda erta paydo bo'lganini his qilyapman. Bu ajoyib", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Xavi boshchiligida “Barselona” ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida “Real”ni 8 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!