"Leyptsig" - "Manchester Siti" bahsining eng yaxshisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Riyod Maxrez Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Leyptsig”ga qarshi o'yinda (1:1) eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Jazoirlik futbolchi 27-daqiqada hisobni ochdi. O'yindan so'ng unga esdalik sovg'asi topshirildi.
UEFA texnik kuzatuvchilari jamoasi shunday fikr bildirdi: “U gol urdi va driblingidan yaxshi foydalandi".
Javob o'yini 14 mart kuni Angliyada bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!