EChLda hafta o'yinchisi kim bo'ladi? Da'vogarlar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115
UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun davogarlar ro'yxatini e'lon qildi.
Mukofotga Vinisius Junior (“Real”), Riyod Maxrez (“Manchester Siti”), Xoqon Chalxano'g'li (“Inter”) va Irving Losano (“Napoli”) da'vogarlik qilmoqda.
Shu haftada Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o'yinlari bo'lib o'tdi. “Manchester Siti” “Leyptsig” bilan durang o'ynadi (1:1), “Inter” “Portu”ni (1:0), “Real” “Liverpul”ni (5:2), “Napoli” “Ayntraxt”ni mag'lub etdi (2:0).
Haftaning eng yaxshi futbolchisi UEFA rasmiy saytida ovoz berish orqali aniqlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!