«Napoli» Ikardi uchun 70 mln evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 598
Napoli" “Inter” bilan Mauro Ikardining transferi borasida muzokara olib bormoqda, deb xabar beradi Gazzetta dello Sport.
Manbaning xabar berishicha, milanliklar kelishuvga yarim himoyachi Pyotr Zelinskiy yoki Fabian Ruisni qo'shishni taklif qilishdi. “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis esa “neradzurrilar”ning taklifiga rad javobini qaytardi va Ikardi uchun 70 mln evro to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Qolaversa, neapolliklar futbolchining o'ziga 7 mln evro maosh taklif qildi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Ikardi 37 ta o'yinda maydonga tushib 17 ta gol va 5 ta golga assisentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!