Benzema muvaffaqiyatli futbolchi bo'lish sirlarini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
Madridning “Real” klubi markaziy hujumchisi Karim Benzemaning fikricha, muvaffaqiyatli futbol o'ynash uchun gol urish etarli emas. Uning fikricha, boshqa fazilatlarga ham ega bo'lish kerak.
"Agar sizning fikringiz faqat gol urish bo'lsa, yaxshi himoyachiga uchrashingiz kifoya qiladi. Bu bilan hammasi tugaydi. Bu holatda siz futbolni yomon o'ynayapsiz, deyishimiz mumkin. Muvaffaqiyatli harakatlar uchun siz jamoa bilan o'ynashingiz, maydonda yaxshi harakat qilishingiz va faqat gollar haqida o'ylamasligingiz kerak", - deydi frantsiyalik hujumchi Telefoot nashriga.
Benzema joriy mavsumda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!