"Manchester Yunayted" Garnachoga yangi shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Manchester Yunayted" vinger Alexandro Garnacho bilan shartnomani uzaytirishni taklif qildi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar katta muvaffaqiyatga erishgan va mankunianliklar 18 yoshli argentinalik bilan kelishuvni uzaytirishlariga ishonch bildirishgan.
Garnachoning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda u klub safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!