Braziliyalik Ronaldoni e'tirof etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
«Inter» va «PSJ»ning frantsiyalik sobiq yarim himoyachisi Yuriy Jyorkaeff afsonaviy braziliyalik hujumchi Ronaldoni namunali markaziy hujumchi deb atadi.
«Ronaldo – namunali markaziy hujumchi. U to'p uchun ortga qaytishi mumkin, to'pni juda tez boshqara oladi, ajoyib natijalar ko'rsatgan», - deya Jyorkaeffning so'zlarini keltiradi Telefoot tvitterda.
Ronaldo Gollandiyaning «PSV», «Barselona», «Real» hamda Italiyaning «Inter» va «Milan» klublari sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!