Abramovich barcha mish-mishlarni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Roman Abramovichning vakili Braziliyada klub sotib olish rejalari haqidagi ma'lumotni rad etdi.
Braziliyaning Fanaticos portali Abramovich Evropa jamoalariga sarmoya kiritish bilan bog'liq muammolarga uchraganini ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra u shu tufayli u Braziliya klublarini sotib olishga qiziqmoqda. Ro'yxatda ikkinchi diviziondan «Atletiko Mineyro», «San-Paulu» va «Londrina» borligi aytilgan.
«Braziliyada klub sotib olish haqidagi taxmin haqiqatga to'g'ri kelmaydi», - dedi tadbirkorning matbuot xizmati vakili.
Eslatib o'tamiz, Abramovich 2003-2022 yillarda Angliyaning «Chelsi» klubi xo'jayini bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!