Ten Xag: «Har bir pozitsiya uchun kamida ikkitadan top futbolchi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xagning fikricha, klubga sovrinlarni yutish uchun eng yaxshi futbolchilar zarur.
«Agar biz «Manchester Yunayted»ni jonlantirmoqchi bo'lsak, har bir pozitsiya uchun kamida ikkitadan top futbolchi kerak, chunki biz ko'plab musobaqalarda o'ynashni xohlaymiz.
Bizda kadrlar etarli bo'lmagan ba'zi pozitsiyalar bor va agar siz eng yuqori sovrinlar uchun kurashmoqchi bo'lsangiz, bu muammolarni hal qilishingiz kerak», - dedi Ten Xag.
«Manchester Yunayted» joriy mavsum APLda 22 turdan keyin 43 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. 12 fevral kuni jamoa mehmonda «Lids» bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!